«Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar konstitutsiyalari» kitobi chop etildi

Kitob sahifalaridan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar — Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston konstitutsiyalari o‘rin olgan.
Samarqanddagi SHHT sammiti arafasida akademik A.Saidov mas’ul muharrirligidagi yangi nashr — “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar konstitutsiyalari” kitobi chop etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan tayyorlangan mazkur to‘plam SHHTning rasmiy tillarida “Tasvir” nashriyotida yuqori sifatda qalin muqovada nashrdan chiqdi.
Nashr SHHT miqyosida konstitusionalizm rivojining barcha jabhalari bilan tanishish imkonini beradi. To‘plamda qayd etilganidek, “SHHT — bu sivilizatsiyalararo muloqot va madaniy-ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash uchun istiqbolli maydon ekanini unutmaslik kerak”.
Mamlakatimizning SHHTga raisligi doirasida nashr etilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar konstitutsiyalari” kitobi ilmiy tadqiqotchilar, olimlar, davlat idoralari, ilmiy va ta’lim muassasalar mutaxassislari, talabalar va jahonda konstitutsionalizm taraqqiyoti masalalariga qiziquvchi keng aholi qatlami uchun kerakli va foydali manba bo‘lishi shubhasiz.






