Shanxay porti 2022-yilda ham dunyodagi eng gavjum konteyner portiga aylandi

Shanxay porti koronavirus epidemiyasiga qaramay, ketma-ket 13 yil davomida dunyodagi eng gavjum konteyner porti maqomini saqlab qoldi va 2022-yilda ham dunyoning eng koʼp konteynerlarga xizmat koʼrsatgan porti sifatida e’tirof etildi.
Qay etilishicha, 2022-yilda portdan 47,3 millionta konteyner yuklangan va tushirilgan. Port Shanxay xalqaro kemachilik markazining uzluksiz faoliyatini hamda global ishlab chiqarish-sotish zanjirining barqarorligini taʼminlab kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra, 2022-yilning ikkinchi choragida avj olgan koronavirus epidemiyasidan soʼng, portning konteyner aylanmasi juda tez tiklangan, iyul oyida rekord darajada koʼp, yaʼni 4,3 millionta konteynerga xizmat koʼrsatilgan.






