Shavkat Mirziyoev Fransiyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbarini Fransiya yuqori martabali rasmiy shaxslar kutib oldilar.

Ma'lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida Fransiya prezidenti bilan uchrashadi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, jami 14ta muhim hujjat imzolanadi.

Prezident, shuningdek, Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar ochilishida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.