Shavkat Mirziyoyev $202 millionlik loyiha - «M-Clinic» bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida joylashgan "M-Clinic" ko'p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati habar berdi.
Bu yerdagi tibbiy texnologiyalar Germaniyaning KBV GmbH & Co. KG kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, loyihaning qiymati 202 million dollarga teng bo'lgan ushbu inshootda kattalar uchun 95 ta va bolalar uchun 33 ta statsionar o‘rin, 1 ming 400 ta qatnovga mo‘ljallangan poliklinika hamda 50 ta tor mutaxassislik bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yaqin oylarda ishga tushishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, klinikada bemorlarning yaqinlari uchun 120 o‘rinli mehmonxona ham joy egallagan.






