Shavkat Mirziyoyev bir qator mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Eron Prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, mas’uliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi.
Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammitida O‘zbekiston va Pokistonning ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.






