Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi Raisini kutib oldi

6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi Raisi Volkan Bozkirni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari O'zbekiston va BMT tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajada ekanini qayd etdi. Xususan, O'zbekistonda "Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash", "Mintaqada turizmni barqaror rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash", "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik", "Orolbo‘yida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini yaratish" kabi muhim masalalar bo‘yicha Bosh Assambleyaning qator maxsus rezolyutsiyalari qabul qilindi.
Bosh Assambleyaning joriy sessiyasi raisi Volkan Bozkir xalqaro maydonda nufuzi ortib borayotgani ta'kidladi.






