Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini qabul qilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qilmoqda. Bu yuqori martabali mehmonning Markaziy Osiyo mintaqasiga va umuman Osiyoga ilk tashrifidir.

Uchrashuvda asosiy e’tibor inson manfaatlarini ilgari surish va huquqlarini himoya qilish masalalarida konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilmoqda.