Shavkat Mirziyoyev bu hafta Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashuv o'tkazadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning yangi haftadagi ish rejasini e'lon qildi.

Unga ko'ra: Bugun elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan soha rahbarlari va mas’ullarining Prezidentga hisobotlari taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Davlat rahbari ishtirokida respublikamizdagi arxitektura qurilish oliygohlari transformatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Hamda, qayd etilishicha Prezidentning Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.