Shavkat Mirziyoyev bu hafta Samarqandga tashrif buyuradi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma'lum qilishicha, bugun, 22-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Hafta davomida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish maqsadida Prezidentning Samarqand viloyatiga borishi kutilmoqda.

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, davlat rahbari hafta davomida mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlanagan bir qator yig‘ilish va muhokamalarni o‘tkazadi.