Shavkat Mirziyoyev elektron xizmatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

13-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi va elektron xizmatlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Raqamli iqtisodiyot xizmatlarini 16 trillion so‘mga, kompyuter dasturlari eksportini 40 million dollarga yetkazish mumkinligi aytib o‘tildi. Mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkaziladi.

Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 253 xil xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Joriy yilda ularni yana 60 taga ko‘paytirish, 50 dan ortiq xizmatlarni soddalashtirish mo‘ljallangan.