Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi

5-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.
Mintaqamizda Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish rejasini ko‘rib chiqdilar.






