Shavkat Mirziyoyev Entoni Blinkenni qabul qildi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida Entoni Blinken davlat rahbariga Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi va AQSH O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekani yana bir bor qayd etdi.
Kuni kecha “AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari” (“S5+1”) formatida o‘tgan vazirlar uchrashuvining amaliy natijalari ijobiy baholandi.
Shu oyda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashi (TIFA) yig‘ilishiga muhim ahamiyat berilmoqda.
Shuningdek Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasida keng xalqaro hamkorlikka oid masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ushbu mamlakatdagi vaziyatning keskinlashishiga va gumanitar inqirozning avj olishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi muhokama qilindi.






