Shavkat Mirziyoyev hamkorlikni quyidagi muhim yo'nalishlarda chuqurlashtirishni taklif qildi

Birinchisi, iqtisodiy soha. Tahlil shuni ko'rsatadiki, ijobiy dinamikaga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo-iqtisodiy hamkorligi salohiyati hali ham to'liq oshkor etilmayapti.

Ikkinchi soha - ekologik yo'nalishda ko'p tomonlama o'zaro hamkorlik.

"Markaziy Osiyo uchun "yashil kun tartibi" dasturini qabul qilish tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchinchi, gumanitar sohada O'zbekiston prezidenti madaniyat, ta'lim, sport va turizm sohasidagi hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, umumiy tariximizni chuqur o'rganish bo'yicha qo'shma ishlarni kuchaytirishni taklif qildi.