Shavkat Mirziyoyev: "Har bir hokim aholini bandligini ta’minlashi kerak"

Hokimiyatlarda Xalq qabulxonalari tashkil etiladi. Mazkur qabulxonalar fuqarolarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik masalalari bo'yicha murojaatlarini ko'rib chiqadilar. Barcha hokimlar fuqarolarni qabul qilish uchun haftasiga ikki kun ajratadilar.
Ushbu tashabbus Mahallabay bandlik markazining ijobiy tajribasi asosida ilgari surilgan edi. Xususan, Pastdarg‘omda tashkil etilgan Mahallabay ishlash markazi 117 ta mahallada xatlov o‘tkazib, 4 ming nafar ishsiz bo‘lgan fuqarolarni aniqlagan va ularni kasb va tadbirkorlikka o‘qitish, biznes loyihalarini tayyorlash, kredit va subsidiya olishga ko‘maklashish orqali 3,3 ming nafarini band qilgan. Natijada, bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash darajasi Pastdarg‘omda 85 foizni tashkil etmoqda.
"Bunday tashabbuslarni har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ko‘tarib chiqishi kerak.", - deya yakunladi Shavkat Mirziyoyev.






