Shavkat Mirziyoyev Holid al-Falih bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri uchrashuvi kun tartibidan energetika, kimyo tarmog‘i, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, bank, turizm va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.
Davlatimiz rahbari Saudiya kompaniyalarining ustuvor mintaqaviy loyihalarni ilgari surishda ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.






