Shavkat Mirziyoyev koreyalik vatanparvarlar xotirasiga ehtirom keltirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib marhumlar xotirasiga ehtirom ko’rsatdi.

Bu yerda Koreya mustaqilligi uchun kurashgan hamda urushda halok bo’lgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qo’shgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan. Shu bois u tabarruk qadamjo sifatida e’zozlanadi. Xorijiy davlatlar rahbarlarining bu yerga kelishi koreys xalqiga hurmat ifodasi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamkorligida mazkur qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qo’yilib esdalik bitigi qoldirildi. Bu bitik majmua muzeyidan joy oladi.

Davlatimiz rahbari Faxriy mehmonlar kitobida dastxat qoldirdi.