Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko'tarish uchun bir qator takliflar berdi

Pandemiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish va o‘zaro yordam ko‘rsatish maqsadida test natijalari va emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishga tushirishni taklif qildi.

Davlatimiz rahbari mintaqaning ekologik sharoitini yaxshilash uchun “Markaziy Osiyo uchun “yashil” kun tartibi” mintaqaviy dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.

Shuningdek, O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida yaqinlashib kelayotgan bayram - mustaqillik kunini eslatib o‘tdi.

-Bugungi sammit muhim voqea – davlatlarimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi arafasida o‘tayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.