Shavkat Mirziyoyev Namanganda hal etilishi lozim boʼlgan masalalarga toʼxtaldi

Prezident suv, uy-joy, sog‘liqni saqlash tizimlaridagi muammolar haqida gapirdi.
• 127 mingdan ziyod aholi ishsiz boʼlib, har yili mehnat bozoriga qoʼshimcha 42 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 27 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.
• Mingbuloq, Kosonsoy, Toʼraqoʼrgʼon, Pop va Chustda ichimlik suvi taʼminoti darajasi juda past, 27 ta mahalla esa markazlashgan ichimlik suvi bilan umuman taʼminlamagan.
• viloyatda uy-joyga ehtiyoj katta. Birgina Namangan shahrida kelgusi besh yilda aholi 1 million nafarga yetishi hisobiga, qoʼshimcha 52 mingta uy-joyga ehtiyoj mavjud.
• qishloq va suv xoʼjaligida Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqoʼrgʼonda suvsizlik sababli 19 ming gektar qishloq xoʼjaligi yerlari ishlatilmayapti.
• sogʼliqni saqlash va taʼlim tizimlarida ham, hali yechimini kutayotgan koʼplab masalalar mavjud. Viloyatda 709 ming nafar yoki 25 foiz aholining surunkali kasalligi bor.






