Shavkat Mirziyoyev Navro'z bayramiga bag'ishlangan bayram tantanalarida ishtirok etdi

Navro'z bayramiga bag'ishlangan tantanali tadbirdan so'ng Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq sayillarida qatnashdi. Davlatimiz rahbari sayilga kelganlar bilan suhbatlashdi hamda ularni bayram bilan tabrikladi.

Keksalar o'z duolarida Qodir Tangridan xalqimizga hosildorlik, farovonlik va mo'l-ko'lchilik so'rab, keyingi Navro'zni tinchlik va farovonlikda kutib olishlarini tilab qolishdi.

Davlatimiz rahbari milliy madaniy markazlar jamoalari, folklor va etnografik ansambllarning chiqishlarini tomosha qildi. Yosh ijrochilarga doimo yangi narsalarni o'rganishni maslahat bergan holda, ularga ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Navro'zni nishonlash munosabati bilan ommaviy tantanalar Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda, qishloq va mahallalarda davom etmoqda, deya xabar beradi davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.