Shavkat Mirziyoyev Oliver Besht bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Hôtel des Invalides saroyida Fransiya Savdo vaziri-delegati, O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi Oliver Besht bilan uchrashdi.
Ma'lumot o'rnida, Hôtel des Invalides saroyi XVII asrda Fransiya qiroli Lyudovik XIV farmoniga asosan bunyod etilgan arxitektura yodgorligidir. Bu yerda mashhur Fransuz imperatori Napoleon Bonapart qabri joylashgan.






