Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga amaliy tashrif bilan bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-mart kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga yetib keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda yetakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladilar.

Eslatib o'tamiz, ertaga, 2 mart kuni Bokuda eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri - Qo‘shilmaslik harakatining sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirning yalpi sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq so‘zlaydi.