Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon Hayiti bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti arafasida O'zbekiston xalqiga o'z tilaklarini izhor qildi.

Qalblarimiz fayzu ilohiy shukuhga to‘lib turgan ushbu ulug‘ kunda yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman. Fursatdan foydalanib, mana shu tabarruk ayyomni bayram qilayotgan yer yuzidagi barcha musulmon ummatiga xalqimiz nomidan samimiy salom va tabriklarimizni yo‘llaymiz, - deya tabrikladi prezident.

Shuningdek, davlatimiz rahbari bizning fuqarolarimizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalarga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilab qoldi.