Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonni qabul qildi

Oliy martabali mehmonni O'zbekiston Prezidenti Ko'ksaroy qarorgohida rasman kutib oldi va muzokaralarni boshlashdi. Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon tribunaga ko'tarilishdi va tashrif sharafiga O'zbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.

Ta'kidlash joizki, Imron Xon Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 15-iyul kuni rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a'zolari ham ishtirok etdilar.