Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovidagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi. Bu haqda O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
«Qozogʻiston rahbari bugungi kunda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar juda jadal rivojlanib borayotgani va strategik sheriklik darajasiga toʻliq mos kelishini taʼkidladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi saylovning dastlabki natijalarini Ostona vaqti bilan soat 11:00da (Toshkent vaqti bilan 10:00) e’lon qilishi kerak. Turli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Toqayev 80 foizdan ko‘proq ovoz olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda saylovchilarning ishtiroki 69 %dan oshdi, eng ko‘p saylovchilar Jetisu viloyatida – 81,4 %, eng pasti – Olmaotada – 28,7 %ni tashkil qildi. Ostonada esa 48,6% saylovchilar ovoz berishgan.






