Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga murojaat yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga ikki do‘st davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ularni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida yozma murojaat yo‘lladi. 

Murojaatni bugun ertalab  “Lusayl” saroyidagi Amir qabulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov yetkazdi.