Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning taklifiga binoan 5-6 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga koʻra, Nur-Sulton shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtadi, unda qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻllari koʻrib chiqiladi.
Siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirishning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadilar va mintaqaviy integratsiyaning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.
Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to'plamini imzolash rejalashtirilgan.
Tashrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakchi kompaniya va tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.






