Shavkat Mirziyoyev Qozogʼiston rahbarini mamlakat Respublika kuni bilan tabrikladi

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʼiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga ushbu mamlakatning milliy bayrami - Respublika kuni munosabati bilan tabrik yoʼlladi.
Davlatimiz rahbari oʼzbekistonliklar qardosh Qozogʼiston xalqining quvonchiga samimiy sherik ekanini taʼkidlab, Qasim-Jomart Toqayevga mustahkam salomatlik, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Qozogʼiston xalqiga esa farovonlik, baxtu saodat va doimiy ravnaq tiladi.






