Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Bartin provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olgan konchilar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.






