Shavkat Mirziyoyev Rustam Minnixanovni qabul qildi

Rossiya Federatsiyasi bilan keng ko‘lamli hududlararo hamkorlikni rivojlantirish doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-aprel kuni Tatariston raisi Rustam Minnixanovni qabul qildi.
Uchrashuvda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishbilarmonlar o‘rtasidagi sheriklikka oid istiqbolli loyihalar, mamlakatimizning boshqa hududlarida ham yangi industrial parklarni ochish va mavjudlarini rivojlantirish, innovatsiyalar, kichik biznes va axborot texnologiyalari sohalarida hamda kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik dasturlarini qabul qilish masalalari muhokama qilindi.
Shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishida Rossiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tarkibida Tataristonning kompaniya va korxonalari faol ishtirok etayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev “yo‘l xarita”si asosida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish muhimligini qayd etdi.






