Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo'nab ketdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hududlarning rivojlanish jarayonlari va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo'nab ketdi.

Tashrif dasturi juda qiziqarli. Shahar va viloyatlardagi sanoat korxonalari, sayyohlik majmualariga tashrif buyurish, transport infratuzilmasi obyektlari, yangi uy-joylar bilan tanishish rejalashtirilgan. Tashrifning ikkinchi kunida xalq deputatlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tadi, unda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha keyingi qadamlar belgilanadi.