Shavkat Mirziyoyev Samarqandni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dasturni taqdim etdi

Amaldagi president Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylov dasturi doirasida Samarqand viloyati saylovchilar bilan uchrashdi.
Unda Shavkat Mirziyoyev viloyatda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni bildirdi, kelgusida amalga oshirilidigan rejalar bilan bo‘lishdi. Samarqandni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha besh yillik dasturi bilan tanishtirdi.
Turizm va aholini bandligini ta’kinlash sohalarida o‘zgarishlar haqida ma’lum qilindi.
Unga ko’ra, Samarqand yaqin kelajakda “Turizm darvozasi”ga aylantiriladi. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun har yili qariyb 1 тrln so‘m imtiyozli kredit ajratiladi.
Besh yil ichida sanoat sohasida ham yirik ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Jumladan, Narpay, tumanida 800 mlrdli 145 investitsiya loyihasi amalga oshiriladi . “Baxt”, “Guliston”, “Muqimiy” va “Tepa” mahallalarida 4 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.
– Kelgusi yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining imtiyozli mablag‘lari hisobiga Samarqandga 50 ta elektrobus olib kelinadi. 8 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘li va ichki ko‘chalar, 270 ta ko‘prikni qurish-ta’mirlash uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi, – dedi amaldagi prezident.
Mirziyoyev shuningdek, 2022-yildan Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Payariq va Qo‘shrabot tumanlaridagi 105 ta mahalladagi 400 ming aholi uchun jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilishini aytib o‘tdi.
O‘zLiDePning nomzodi kelgusida Samarqand shahrining kengayishi haqida ham to‘xtaldi.
– Samarqand shahri yashash uchun qulay va jozibador “millionli yashil shahar”ga aylantiriladi.
Buning uchun, Samarqand, Pastdarg‘om, Oqdaryo va Toyloq tumanlari hududidan 18 ming gektar yerlar shahar tarkibiga qo‘shiladi.
Davlat idoralari va ma’muriy xizmatlar tarixiy markazdan yangi hududga ko‘chiriladi. Samarqand shahrida yangi 2 ta tonnel va 2 ta ko‘prik quriladi”, – dedi Mirziyoyev.
Prezidentning besh yillik dasturiga ko‘ra, Samarqandda Texnologiya universiteti tashkil etiladi.
“Ushbu universitetni jahonning mingta nufuzli oliygohlari qatoriga kirish dasturi amalga oshiriladi” – dedi Shavkat Mirziyoyev.






