Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovdagi ishonchli gʼalabasi bilan qutladi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni muhim siyosiy tadbir - Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʼtkazilgani, Turkmanistonning saylangan Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni esa saylovda qozongan ishonchli gʼalabasi bilan tabrikladi.






