Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni "Shahidlar xotirasi" xiyoboniga tashrif buyurib, ozodlik va mustaqillik uchun jon fido qilgan vatandoshlarimiz, ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Ota-bobolarimiz-jadidlar mamlakatimizni ozod qilish, uni ortda qolishini oldini olib, barcha sohalarni rivojlantirish uchun hamma narsani qildilar. Buning uchun ular o'z hayotlarini fido qilishdi. Shuning uchun bugun mustaqillik, tinchlik va erkinlik davrida ularning tashabbuslarini eslab, hurmat qilishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tashrif davomida Qur'ondan suralar va duolar o'qildi va xotira oshi tarqatildi.