Shavkat Mirziyoyev tantanali ravishda Dushanbeda kutib olindi

Xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan Dushanbe xalqaro aeroportida kutib olindi.

Oliy martabali mehmonni sharafiga aeroport ikki davlat bayroqlari va shiorlari bilan bezatildi. Qolaversa, ko'plab yoshlar va ijodiy jamoalar O'zbekiston Rahbarini kutib olishda qatnashdilar.

Amaliy tashrif yuzasidan, hamkorlikni jadallashtirish maqsadida bir qancha hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.