Shavkat Mirziyoyev Tojikiston, Qirg'iziston, Turkiya va Saudiya Arabistoni vakillarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, Qirg'iziston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri, Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirini va Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni qabul qildi.
Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvda joriy yilning 11-12-iyun kunlari Tojikistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrifning samarali natijalari yuqori baholandi.
Qirg‘iziston Iqtisodiyot va moliya vaziri Aqilbek Japarov bilan joriy yil mart oyida o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammitida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan uchrashuvda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta'kidlash joizki, xalqaro konferentsiyada Prezidentimiz barcha mehmonlar bilan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish masalalarini muhokama qildi.






