Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Ertaga, 24-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi va forumning yalpi sessiyasida nutq soʼzlaydi.
Tadbirda YTTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Аsakava, Saudiya Аrabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo tashkiloti vitse-prezidenti Syanchen Chjan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnashadi.
Prezidentimiz ishtirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boshlovchisi sifatida tanilgan, hozirda esa Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari boʼyicha direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.
Bugun esa davlatimiz rahbari Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.






