Shavkat Mirziyoyev Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

O'zbekiston Prezidenti Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Turkiya do‘stlik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarida oliy darajadagi muntazam va sermahsul muloqot tufayli erishilgan bugungi darajani yuksak baholadi. O‘z navbatida, vitse-prezident Fuat Oktay iliq qabul uchun O‘zbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanish sur’ati va pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish borasida ko‘rilayotgan choralar alohida ta’kidlandi.