Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʼzbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun poytaxtimizda boʼlib turgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʼgʼli boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Turkiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda savdo vaziri Mehmet Mush hamda transport va infratuzilma vaziri Odil Qoraismoiloʼgʼlu ham ishtirok etdi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida mamlakatlarimiz oʼrtasidagi koʼp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʼrib chiqildi.






