Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboshi shahriga jo‘nab ketdi.

Prezidentimiz ushbu shahar yaqinidagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.