Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

14 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti telefon orqali muloqoti qilishdi va bo'lib o'tadigan oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali ko'rib chiqildi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.