Shavkat Mirziyoyev xalqaro konferensiyada nutq so'zladi

O'zbekiston Prezidenti afg‘on zaminida ko‘pdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidladi.
"Afg‘oniston Islom Respublikasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligini amalda ta’minlashning muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Biz o‘zaro bog‘liqlik, hamkorlik, muloqot va eng asosiysi, ishonch izchil va barqaror rivojlanish, mintaqalarimiz aholisining turmush darajasi hamda farovonligini oshirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishiga aminmiz," - deya ta‘kidladi prezident.






