Shavkat Mirziyoyev «Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi

30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘ttiz nafar faollar “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik”, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenlari va “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Faollar “Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlash, turli millat va elatlar vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik, mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini qaror toptirish, milliy madaniyat, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash va rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama munosabatlar va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va insonparvar siyosatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish, navqiron avlodni ma’naviyatda tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati uchun vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishdagi ulkan xizmatlari uchun” taqdirlandi.






