Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 15-iyul kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

Vazir Van I davlatimiz rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi yuksak baholandi va qo‘llab-quvvatlandi, Toshkent shahrida o‘tkaziladigan konferensiya muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirildi.