Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 12-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Sin Ganni qabul qilgan.
Suhbag chogʻida, O‘zbekiston yetakchisining Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi va “Markaziy Osiyo - XXR” sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi taʼkidlangan.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.






