Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston" bog'dagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklida bo‘ladi.

Bog‘ hududida “Istiqlol” majmuasi qurilmoqda. U yurtimizning 3 ming yillik tarixini namoyon etadi. Shuningdek, bir gektardan ziyod maydonda 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr barpo etiladi. Kelgusida bu yerda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Bog‘da, shuningdek, 6 gektarlik sun’iy ko‘l, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohi, sokin hudud va favvoralar barpo etiladi.

Eslatib o'tamiz, bog 'qurilishi 1-may kuni mamlakatimiz Prezidenti tomonidan birinchi ko'chatlarni ekish bilan boshlangan edi. Va o'sha payt Shavkat Mirziyoyev bog‘ga "Yangi O'zbekiston" nomini berishni taklif qildi.