Shavkat Mirziyoyevning ilk saylovoldi kampaniyasi Qoraqalpog‘istondan boshlandi

Joriy yilning 21-sentabr kuni president Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. Davlat rahbari o‘zining saylovoldi kampaniyasini Bo‘zatov tumanidan boshladi.
Tumanga tashrif davomida president faollar va OAV vakillari bilan uchrashdi.
“Saylovoldi uchrashuvlarini eng avvalo Qoraqalpogʼiston diyoridan boshlayotganim albatta bejiz emas. Ilgari ham aytganman, bugun ham katta mamnuniyat bilan takrorlayman – men oʼzimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi deb bilaman”, - dedi davlat rahbari.
Uchrashuv davomida president Qoraqalpog‘istonni rivoji uchun kerakli mablag‘ ajratilishini ta’kidlab o‘tdi.






