Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

Bugun Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakatining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident nutq so‘zlab, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Shuningdek, davlat rahbari Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakuniga yetgach, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.






