Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Prezidenti bilan uchrashuvi

Аyni daqiqalarda Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’gʼan bilan uchrashuv oʼtkazmoqda.

Yaqin va oʼrta muddatli istiqbolda iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikda qaysi yangi loyihalar amalga oshiriladi? Sanoat kooperatsiyasi dasturlarini tezlashtirish uchun qanday choralar koʼrilishi kerak? Oʼzaro mahsulot yetkazib berish ortishi uchun qanday qilib samarali transport-logistika tizimini taʼminlash mumkin?

Yetakchilar shu va boshqa masalalarni muhokama qilmoqda