Sherzod Asadov provokatsiyalarga berilmaslikni so'radi

Prezident matbuot kotibi Termiz shahri atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risidagi tarqatilayotgan xabarlarni rad etdi.
"O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror." - deya ta'kidladi Sherzod Asadov.






