SHHT aʼzo-davlatlari Ilm-fan va texnika boʻyicha rahbarlarining oltinchi yigʻilishi oʻtkaziladi

Oʻzbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) aʼzo-davlatlarining Ilm-fan va texnika sohalarining rivojlanishiga masʼul vazirliklari va tashkilotlari rahbarlarining oltinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Yig‘ilish joriy yilning 8-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, tomonlar 2025-yilgacha ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi. Xususan, ShHT makonida sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

P.S. 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston ShHTga raislik qiladi.

Shuningdek, tashkilotning navbatdagi sammiti joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.